Ulkan tizimi imkoniyatlari

Agar mahsulot ishlab chiqarish yoki savdo-sotiq bilan shug'ullansangiz, unda saytingizda mahsulotlar katalogini joylashtirishingiz mumkin bo’ladi. Bundan tashqari mahsulotlarni bo’limlarga ajratish imkoniyati mavjud.

Kompaniyangiz yangiliklarini yoritib borishdan tortib, to’laqonli yangilik-axborot saytini ochishingizga yordam beradi.

Faoliyatingiz jarayonlari aks etgan suratlarni guruhlab saytga joylashtiring.

Istalgan ko’rinishdagi rasmli va matnli veb sahifalar yarating. Masalan, kompaniya haqida, aloqalar, xizmatlar kabi sahifalar.

Sizdan veb dizaynni bilish talab qilinmaydi. Barchasini avtomatlashtirilgan veb dizayner moduli amalga oshiradi.

Sayt menyularini, umumiy sozlamalar, sayt dizayni, tarif rejangizni boshqarish o’z qo’lingizda bo’ladi.