Mijozlar uchun sayt yaratishda son mingta dasturiy vositalardan foydalanar edik, har bir vosita esa o’z fe’lini namoyon qilar edi.

Biz o’z talabimizni qondirish uchun birinchi navbatda boshqaruvi insonlar uchun mo’ljallangan va umumiy imkoniyatlarni o’z ichiga olgan mukammal sayt yaratish tizimini ishlab chiqishni boshladik.

2013 yilda ushbu tizimning birinchi turkumi tayyor bo’ldi va biz mijozlarimizga o’zimiz xohlagandek mahsulot yetkazishni boshladik. Bu vaqt oralig’ida tizimni yangilab bordik va bunday vositaga boshqalarda ham ehtiyoj borligini sezdik. Biz tizimni barchaga taqdim etish maqsadida uni foydalanuvchilar hostingsiz, veb dasturchi va dizaynerlarsiz ishlata oladigan holatga olib keldik va uni Ulkan deb nomladik.

Hozirda Ulkan sizga internet orqali ortiqcha kompyuter dasturlarisiz onlayn tarzda veb sayt yaratish imkonini beradi. Ulkanda tadbirkorlar o’z bizneslari uchun sayt yaratishlari, jismoniy shaxslar esa o’zlarining shaxsiy saytlarini ochishlari mumkin.

Ulkan O’zbekistonda internetni rivojlantirishda va uz domenidagi saytlar sifatini va sonini ko’paytirishda qo’l kelishiga ishonamiz.