Maxfiylik siyosati

Maxfiylik siyosati https://ulkan.uz (xizmat) sayti va unda yaratilgan barcha veb saytlarga tegishli va bu siyosat xizmat foydalanuvchilari to’g’risida ma’lumotlarni qay tarzda to’plashi, ulardan foydalanishi va oshkor etishini belgilaydi.

Ulkan xizmatlaridan siz mobil qurilmalar yoki shaxsiy kompyuterlar orqali foydalanishingiz mumkin.

  • 1. MA’LUMOT YIG’ISH
    • 1. Sizning maxfiyligingiz biz uchun muhim va shuni ishontirib aytamizki, siz haqingizda ma’lumotlarni faqatgina xizmatlarimizni taqdim etish va sizning hisobingizni himoyalash uchungina to’playmiz, ortiqcha ma’lumot yig’ilmaydi.
    • 2. Ro’yxatdan o’tish jarayonida siz ism familiyangiz, elektron pochta manzilingizni, haqiqiy manzilingizni va telefon raqamingiz va boshqa talab qilinadigan ma’lumotlarni kiritishingiz kerak bo’ladi.
    • 3. Ulkan foydalanuvchilari turli to'lov tizimlari orqali to'lovlarni amalga oshirishlari mumkin. Bunday hollarda to'lovlarni amalga oshirishda taqdim etiladigan ma'lumotlar uchun to'lov tizimlari javobgar hisoblanadi.
    • 4. Foydalanuvchilarning saytdagi faoliyati to’g’risidagi ma'lumotlarni yozib boramiz. Savdo va oldi-sotdi bitimlari sayt orqali amalga oshirilganda, bu uchun kerakli bo’ladigan ma’lumotlar tovarlarning turlari va batafsil ma’lumotlarni, narxi va yetkazib berish haqidagi axborotlarni o’z ichiga oladi.
  • 2. SHAXSIY MA’LUMOTLARDAN FOYDALANISH
    • 1. Shaxsingizni aniqlash;
    • 2. Tizimga kirish jarayonida xizmat foydalanuvchisi ekanligingizni tekshirish;
    • 3. Foydalanuvchi sifatida ro’yxatdan o’tishingizni ta’minlash maqsadida sayt uchun kirish identifikatorini taqdim etish;
    • 4. Sizga xizmat ko'rsatish va so'rovlaringiz, mulohazalaringiz yoki shikoyatlaringizni o’rganib chiqish;
    • 5. Saytingiz foydalanuvchilari va siz o'rtangizda muloqotni amalga oshirish;
    • 6. Sayt mazmunini yaxshilash hamda marketing va reklama maqsadlarida taklif va xizmatlarimizni takomillashtirish uchun izlanishlar yoki statistik tahlillar o'tkazish.

Cookie fayllari

Siz haqingizdagi ma'lumotlarni saqlash va saytimizga tashriflaringizni kuzatish uchun "cookie" fayllaridan foydalanamiz. Cookie asosan foydalanuvchilarning identifikatsiyalash jarayonini yaxshilashda ishlatadi.

Cookie - bu sizning brauzeringizga yuboriladigan va kompyuteringizning qattiq diskida saqlanadigan kichik miqdordagi ma'lumotlar to’plami. Faqatgina saytga kirganingizda, cookie fayl kompyuteringizning qattiq diskiga jo’natiladi. Agar cookie faylni o’chirib yoki faollashtirmasangiz, har safar saytga bitta kompyuterdan kirganingizda, server saytga tashrifingizni aniqlaydi va natijada sizdan har safar tizimga kirishda kerak bo’ladigan email va maxfiy so’z so’ralmaydi.

Umuman olib aytganda, biz cookie fayldan sizning shaxsingizni aniqlashda foydalanamiz va bu bizga quyidagi imkoniyatlarni beradi:

  • 1. Shaxsingizni qayta-qayta aniqlashni talab qilmaslikni;
  • 2. Foydalanuvchi tomonidan saytni ishlatilishi to'g'risida statistik ma'lumotlarni to'plash;
  • 3. Foydalanuvchilarning manfaatlarini hisobga olgan holda saytga tashrif yo’llarini o’rganish va maqsadli reklamalarda yordam berish;
  • 4. Saytga tashriflarni kuzatish va buyurtmalarni amalga oshirishda hamkorlarimizga yordam berish;
  • 5. Reklama aksiyalarida ishtirok etish.

Saytga kirish uchun ishlatayotgan kompyuterga o’rnatilgan brauzerni sozlash orqali siz cookie fayl qanday qabul qilinayotganini aniqlay olasiz. Istasangiz ushbu konfiguratsiyalarni o’zgartirishingiz mumkin. Brauzeringizni o’z xohishingizga ko’ra sozlash orqali, siz barcha cookie fayllarni qabul qilishingiz yoki cookie jo’natilganda sizga xabar berilishini yoki barcha cookie fayllarni rad etishini tanlashingiz mumkin. Agar siz brauzeringizdagi cookie fayllarni o’chirib qo’yish funksiyasini tanlash orqali barcha cookie fayllarni rad etsangiz, saytga har safar kirganingizda ma’lumotlarni qayta kiritishingizga to’g’ri keladi va ba’zi xizmat imkoniyatlaridan foydalana olmaysiz.