(Rasmiy ommaviy shartnoma)
Ulkan.uz veb sayti (Ulkan) va unga bog’liq boshqa veb xizmatlardan ro’yxatdan o’tganingizda yoki ular bilan internet orqali axborot almashganingizda ushbu kelishuv shartlarini qabul qilgan hisoblanasiz. Ulkan ushbu saytdan foydalanish kelishuvi (kelishuv) asosida onlayn tarzda veb sayt yaratish, mahsulotlarni internet orqali sotish, internet reklama qilish xizmatini taqdim etadi. Yangi qo’shiladigan imkoniyatlar ham ushbu kelishuv asosida taqdim etiladi. Siz saytdan foydalanish kelishuvining eng so’nggi tahririni https://ulkan.uz/kelishuv veb sahifasidan ko’rishingiz mumkin. Ulkan istalgan vaqtda ushbu kelishuvni yangilashga yoki o’zgartirishga haqli. Sizga ta’siri bo’lgan o’zgarishlardan vaqtida xabardor bo’lish uchun ushbu hujjatni kuzatib boring.
Ulkan foydalanuvchisi bo’lishdan oldin saytdan foydalanish kelishuvini va maxfiylik siyosatini qabul qilishingiz kerak.
1.Ro’yxatdan o’tish
1.1.Ulkan xizmatidan foydalanish, ya’ni hisob ochish uchun ro’yxatdan o’tish kerak bo’ladi. Ro’yxatdan o’tish jarayonida siz ism familyangiz, elektron pochta manzilingizni, haqiqiy manzilingizni va telefon raqamingiz va boshqa talab qilinadigan ma’lumotlarni kiritishingiz kerak. Ulkan o’z ixtiyori bilan istalgan sababga ko’ra sizning hisobingizni bekor qilishi mumkin.
1.2.Ro’yxatdan o’tish paytida ko’rsatgan elektron pochtangiz siz bilan Ulkan o’rtasidagi rasmiy aloqa vositasi hisoblanadi.
1.3.Siz Ulkan tizimiga kirishda foydalanadigan mahfiy so’zingizni boshqalardan sir tutishga javobgarsiz. Ulkan foydalanuvchi hisobini va mahfiy so’zni himoya qilishga yoki yo’qotishlarni oldini olishga javobgar emas.
1.4.Siz o’z hisobingiz bilan bog’liq faoliyatga va unda yig’ilgan, hosil bo’lgan, saqlanadigan, ommaga namoish etiladigan, internet tarmog’i orqali tarqatiladigan va yuklangan rasmlarga, hujjatlarga, videolarga, grafikalarga, yozilgan matnlarga, audio fayllarga javobgardirsiz.
1.5.Saytdan foydalanish kelishuvini buzish sizning hisobingizni to’xtatishga olib keladi.
1.6.Ulkandan foydalanish maqsadida unda hisob ochish ushbu kelishuv asosidagi shartnoma ishtirokchisi bo’lishni anglatadi.
1.7.Agar siz ish beruvchingiz nomiga hisob ochsangiz, u holda hisob egasi ish beruvchi tashkilot bo’ladi. Bunda siz ish beruvchini ushbu shartnoma ishtirokchisi qilishga huquqingiz borligini kafolatlaysiz.
2.Foydalanuvchi majburiyatlari
2.1.Saytdan foydalanish kelishuvi O’zbekiston Respublikasi qonunchiligi asosida talqin etiladi va tartibga solinadi.
2.2.Ulkan xizmatlaridan O’zbekiston Respublikasi qonunlariga yoki siz istiqomat qilayotgan mamlakat qonunlariga zid maqsadlarda foydalanish ta'qiqlanadi.
2.3.O’zbekiston Respublikasi qonunchiligida ta'qiqlangan ma’lumotlarni va sotilishi ta’qiqlangan mahsulotlarni Ulkanda joylashtirish ta’qiqlanadi. Shuni yodda tutingki, siz yaratgan veb sayti jahon bozorida faoliyat yuritadi. Shuning uchun mahsulotni sotish yoki joylashtirish siz yashaydigan hududdan tashqaridagi qonunlar asosida ta'qiqlanishi mumkin. Quyida ta'qiqlangan narsalarning ayrim toifalari keltirilgan. Biroq, bu ro'yxat to'liq emas. Siz hisob egasi sifatida qonun tomonidan ta'qiqlangan mahsulot va axborotlarni joylamaslikka javobgardirsiz. Quyidagilarni Ulkanga joylashtirish ta'qiqlanadi:
a)Pornografik yoki fohishabozlikni targ’ib qiluvchi materiallar;
b)Qurol-yarog', sovuq va shikastli qurollar, o'q-dorilar, portlovchi moddalar;
c)Giyohvandlik vositalari, shuningdek ularga tenglashtirilgan tovarlar;
d)Inson organizmlarini, plazma, qonni sotish yoki sotib olish bo'yicha takliflar;
e)O'g'irlangan yoki firibgarlik yo’li bilan qo’lga kiritilgan mahsulotlar;
f)Irqiy, diniy yoki etnik kamsitadigan yoki nafrat va zo’ravonlikka sabab bo’ladigan materiallar;
g)Inson hayoti va sog'lig'iga xavf tug'diradigan materiallar;
h)Tazyiq, zo'ravonlik, tuhmat va tahdid materiallar;
i)Odamlarning irqiy, etnik kelib chiqishi, rangi, milliy kelib chiqishi, dini, yoshi, jinsi, nogironligi, tibbiy holatiga nisbatan nafratni bildiruvchi materiallar;
j)Mualliflik huquqi yoki boshqalarning savdo belgilariga bo’lgan huquqlarini buzuvchi materiallar;
k)Siz tizimga unga zarar yetkazadigan dasturlarni yuklashingiz mumkin emas. Ulkan va u integratsiya qilingan boshqa tizimlarga zarar yetkazadigan yoki to'sqinlik qiladigan materiallarni yuklash yoki tarqatish mumkin emas. Xizmatlardan aldamchi tijorat yoki boshqa noqonuniy faoliyat uchun foydalanish mumkin emas.
l)To’lov karta raqamlari, maxfiy bank raqamlari va shunga o’xshash shaxsiy ma'lumotlarni yuklash yoki ularni xizmat orqali yig’ish man etiladi.
m) Xizmatdan spam, ya’ni aldov xatlari yuborishda foydalana olmaysiz;
n)Terrorizm yoki terroristik tashkilotni qo'llab-quvvatlovchi, uni moliyalashtirish yoki unga a'zo bo'lishni nazarda tutuvchi materiallar;
Biz istalgan vaqtda ogohlantirishsiz kelishuv shartlarini buzuvchi materiallarni hisobingizda o’chirib tashlashimiz yoki umuman hisobingizni to'xtatib qo'yishimiz mumkin. Ulkan shartlarga rioya qilinayotganini tekshirish maqsadida istalgan vaqtda siz yuklayotgan materiallarni kuzatish yoki o’rganish huquqiga egadir.
Agar siz ushbu qoidalarni buzilishini kuzatsangiz, iltimos, bu haqida info@ulkan.uz orqali xabar bering.
2.4.Xizmatning biror qismini ko'paytirib tarqatish, takrorlash, nusxa ko'chirish, uni sotish huquqiga ega emassiz.
3.Ulkan huquqlari
3.1.Mijoz tomonidan Ulkanning boshqa mijozlari yoki xodimlarini har qanday turdagi og'zaki yoki yozma tahqirlanishi yoki ularga tazyiq o’tkazish darhol hisobni bekor qilishga olib keladi.
3.2.Ulkan sizning raqobatchilaringizga ham o’z xizmatlarini taqdim etish huquqini saqlab qoladi va ba’zi imkoniyatlar faqat sizgagina taqdim etilib, boshqalarga berilmasligiga mutlaqo va'da bermaydi.
3.3.Hisob egaligiga oid nizo yuzaga kelgan taqdirda, Ulkan haqiqiy hisob egasini aniqlash uchun hujjatlar talab qilish huquqiga ega. Hujjatlar hukumat tomonidan berilgan guvohnoma va hokazolarni o'z ichiga olishi mumkin.
3.4.Ulkan xizmati istalgan paytda hech qanday ogohlantirishsiz yoki bu haqda e’lon qilgan holda o’zgartirilishi yoki to’xtalishi mumkin. Bunda Ulkan hech kim oldida javobgar va qarzdor bo’lmaydi.
4.Ulkan javobgarliklari
4.1.Hisobingizdagi ma’lumotlarni o’chib ketishi, daromadingizni yo’qolishi yoki shunga o’xshash yetkazilgan zararlarga Ulkan javobgar bo’lmaydi.
4.2.Ulkan jamoasi xizmatni to’g’ri, xatosiz, uzluksiz va hakkerlik hujumlaridan himoyalangan holda ishlashini ta’minlash uchun qo’lidan kelgan barcha ishni qiladi. Ammo xizmatdan foydalanish sizning tavakkalingiz hisoblanadi. Xizmat sizga boricha taqdim etiladi va uni to’g’ri, xatosiz, uzluksiz va himoyalangan holda ishlashiga hech qanday kafolat berilmaydi. Xizmatni ishlatish natijasi aniq bo’lishi kafolatlanmaydi.
5.Intellektual mulk va mijozlar ma’lumotlari
5.1.Ulkan unga taqdim etilgan materiallarning birortasiga mualliflik huquqi talab qilmaydi. Barcha yuklagan ma’lumotlaringiz o'zingizniki bo’lib qoladi. Siz o’z hisobingizni istalgan paytda o’chirib tashlashingiz mumkin.
5.2.Ulkanga ma’lumot yuklash barobarida ushbu ma’lumotlarni xizmat o’z ma’lumotlar omborida saqlashiga, uni boshqa foydalanuvchilar siz yaratgan sayt orqali ko’rishiga rozilik bildirgan hisoblanasiz. Siz o'zingiz yuklagan ma’lumotlarning qonunchilikka mos ekanligiga o’zingiz javobgardirsiz.
5.3.Ulkan sizning savdo belgingizdan yoki logotipingizdan ushbu xizmatni reklama qilishda foydalanishga huquqi bor.
6.Xizmat to’lovi
6.1.Ulkan xizmati uchun tanlangan tarif rejaga qarab oylik a’zolik badali to’lanadi. Bepul reja bundan mustasno. Tarif reja uchun eng kamida har 30 kun uchun oldindan to’lanadi.
6.2.Barcha to’lovlar soliqlarni o’z ichiga olgan.
6.3.Narxlar istalgan paytda o’zgatirilishi mumkin. Bunda yangi narxlar yangi to’lovlarga ta’sir qiladi.
6.4.Ulkan to’lovlarni qaytarmaydi, chunki sizga to’lashdan oldin xizmatni bepul sinovdan o’tkazish imkoniyati bor.
7.Hisobni to’xtatish yoki bekor qilish
7.1.Agar siz o’z hisobingizni bekor qilmoqchi bo’lsangiz, unda info@ulkan.uz manziliga bu haqda yozing.
7.2.Hisob bekor qilingandan so’ng:
a)Siz saytingizga internet orqali kira olmaysiz.
b)Hech qanday to’lov qilgan pullaringiz qaytarilmaydi.
c)Agar to’lashingiz kerak bo’lgan to’lovlar bo’lsa, barchasini to’lashingiz kerak bo’ladi.
d)Agar biz Ulkanda yaratgan saytingizdan firibgarlik yo’lida foydalayotganingizni sezsak, uni darhol bekor qilamiz.