Internet do'konga Click ulash qo'llanmasi

1. Click-da ro'yxatdan o'tish

Birinchi o'rinda siz https://merchant.click.uz/ da ro'yxatdan o'tishingiz lozim. Barcha maydonlarni to;ldiring va kerakli tadbirkorlikga aloqador hujjatlarni yuklang.

Ro'yxatdan o'tgandan so'ng sizga quyidagi ma'lumotlar taqdim etiladi:

  • * Merchant Id;
  • * Service Id;
  • * Secret Key;
  • * Merchant User Id.

Ularninig nusxasini olib saqlab qolishingiz kerak.

2. Click-ni ULKANdagi sayt bilan ulash

Endi siz ushbu ma'lumotlarni veb-saytingizga qo'shishingiz kerak:

1. Saytingizning boshqaruv paneliga o'ting, so'ng "Sozlamalar" menyusida, "Internet-do'kon sozlamalari"da "To'lov usullari" -ni tanlang

2. "Click sozlamalari"ni tanlang

3. Oldin olingan ma'lumotlarni kerakli maydonlarga kiriting (Merchant Id, Service Id, Secret Key, Merchant User Id) va "Saqlash"ni bosing.

4. "To'lov tizimlari" sahifasiga qaytib, "Click orqali to'lash imkoniyati" maydonida "Yoqish" -ni tanlang. "Saqlash" tugmasini bosing.


3.ULKANning Rest API-sini Click-ga ulash

Endi shu URLni nusxasini saqlang https://restapi.ulkansayt.uz/store/paymeStore/api va Click-dagi shaxsiy kabinetingizga joylang.

Tabriklaymiz! Siz Click to'lov tizimi orqali to'lovni o'zingizning onlayn do'koningizga muvaffaqiyatli kiritdingiz.

Agar sizda hali ham savollar bo'lsa, yordam markazimizga quyidagi raqamlar orqali murojaat qilishingiz mumkin:

+998 (90) 903-6003
+998 (90) 054-7002