Internet do'konga Payme ulash qo'llanmasi

Biznesni Payme-da ro'yxatdan o'tkazish

Avvalo, siz biznesingizni Payme-da avtorizatsiya qilishingiz kerak. Https://business.help.paycom.uz/ru havolasiga o'ting, bu erda ro'yxatdan o'tish bo'yicha ko'rsatmalar batafsil tushuntirilgan. To'lovni qabul qilishni boshlash uchun:1. Payme BUSINESSda ro'yxatdan o'ting — Payme BUSINESS sizga shaxsiy kabinet ochadi.

2. Shaxsiy kabinetda biznesingizni qo'shing.

3. «INSPIRED» MChJ QK bilan shartnoma tuzing.

4. Biznesga kassa va biznes fodalanuvchilarini qo'shing, ular kassa bilan ishlash imkoniga ega bo'ladilar.

Shartnoma tuzish tafsilotlari uchun +998 78 150‑22‑24 telefon orqali aloqa markaziga murojaat qiling:

Payme kod va kalitlarini olish

Ro'yxatdan o'tgandan so'ng siz quyidagilani olishingiz kerak bo'ladi: Merchant ID (ID кассы - shu qo'llanma bo'yicha) va Secret Key (ключ-пароль от кассы - shu qo'llanma bo'yicha)

ULKANga ulash

Endi shu usulda ULKAN-da yaratilgan saytingizning boshqaruv paneliga ma'lumotlarni kiritamiz.

1. "Sozlamalar" menyusiga o'ting

/uploads/image/Screenshuykot.jpg

2. Keyin, "To'lov usullari" sahifasiga o'ting

3. "Payme sozlamalari" -ni tanlang

4. Payme-dan olingan Merchant Id (ID кассы) va Secret Key (ключ-пароль от кассы) joylaymiz. "Saqlash"ni bosamiz.

5. "To'lov usullari" sahifasiga qaytib, "Payme orqali to'lov imkoniyati" maydonida "Yoqish" -ni tanlang. "Saqlash" tugmasini bosing.


Rest API ULKAN-ni Payme kassasiga ulash

Endi shu URLni https://restapi.ulkansayt.uz/store/paymeStore/api o'zingizni merchant.payme.uz dagi kassangizga ulashingiz kerak shu qo'llanma bo'yicha.

Tabriklaymiz! Endi sizning mijozlaringiz Payme orqali mahsulot va xizmatlarni sodda va qulay tarzda sotib olishlari mumkin.