Qanday qilib ULKANda yaratilgan saytni Google Analytics ga ulash mumkin?

Sayt yaratishga yaratdingiz. Endi sizda shunday savol tug'ilishi mumkin: "Xo'sh, shu bilan bo'ldimi? Qanday qilib mening saytimdan odamlar foydalaniyotganini bilaman?"
Umuman olganda, veb-saytni qurish sizga o'z biznesingizni targ'ib qilish uchun tonna imkoniyatlar beradi. Onlayn reklama, SEO yoki SMM reklama orqali siz saytingizga tashrif buyuruvchilarni qo'shishingiz va mijozlarni aniqlashingiz mumkin. Buning uchun ularning qatnashishini kuzatish uchun Google xatti-harakatlari Google Analytics tizimini ishlab chiqdi. Bu sizning saytingizga (trafikka) qancha foydalanuvchi tashrif buyurishini, qaysi mamlakatlarga qiziqishini, veb-saytingizda nima borligini va optimallashtirish uchun boshqa ma'lumotlarni kuzatish imkonini beradi, bu saytni tahlil qilishga imkon beradi.

Bu maqolada biz ULKANda yaratilgan veb saytingizni Google Analytics ga ulash haqida batafsil tushuntirib beramiz.

Google Analytics da akkaunt yaratamiz

Google Analytics ga o'tish uchun shu havolani bosing https://analytics.google.com/analytics/web/ . U erda ushbu sahifa chiqadi va siz "Создать Аккаунт" tugmachasini bosishingiz kerak bo'ladi.

Siz elektron pochta orqali kirishingiz kerak bo'ladi.

1-qadam

Endi biz ma'lumotlarni kiritamiz. Теперь будем вводить данные аккаунта. "Название аккаунта" maydoniga, masalan, o'zingizning biznesingiz yoki veb-saytingiz nomini kiriting, aytaylik bu Bozurgoniy.

"Настройки доступа к данным аккаунта" joyida qaysi ma'lumotlarni va qaysi Google xizmatlarini olishni xohlayotganingizni tanlang. Sizga barcha punktlarni tanlashni maslahat beramiz. Keyin "След." tugmani bosish orqali keyingi bosqichga o'tamiz.


2-qadam

Endi Google Analytics hisobini veb-saytingizga bog'lashimiz kerak. "Название ресурса" maydonini to'ldiramiz, veb-saytingiz nomini yozishingiz mumkin. Kuzatish qulayligi uchun "Часовой пояс отчётов" da o'z vaqt zonangiznii tanlang, masalan Узбекистан. Keyin "Показать дополнительные параметры" -ni bosing.

Qo'shimcha parametrlarda:

  1. "Создание ресурса Universal Analytics" yoqish uchun shu tugmani suramiz. Shunda barcha qo'shimcha sozlamalr paydo bo'ladi.
  2. Endi "URL сайта" maydoniga veb saytning to'liq domenini qiritamiz.
  3. "Создать только ресурс Universal Analytics"-ni tanlaymiz
  4. "Далее"-ni bosib keingi bosqichga o'tamiz.


3-qadam

"Сведения о компании" joyida qisqacha ish faoliyat haqida to'ldiramiz:

  1. "Сфера деятельности" maydonida sizning ish faoliyatingizga yaqin bo'lgan sohani tanlang, masalan "Бизнес и промышленность".
  2. "Размер компании" -da faoliyatingizda tahminan nechta ishchi borligini belgilang.
  3. Bu punkda Google Analytics-dan nima uchun foydalanasiz deyilgan. Barchasini tanlasangiz ma'qul.
  4. Va nihoyat, "Создать" tugmasini bosing.

/uploads/image/Screenshot_1.jpg

4-qadam

Google Analytics-dan foydalanish uchun barcha shartlarni qabul qilamiz va belgilab ketamiz, so'ng "Принимаю" tugmasini bosamiz.

Tabriklaymiz! Siz birinchi Google Analytics akkauntingizni yaratdingiz. Endi siz ULKAN-da o'z saytingizga ulash qoldi.

Google Analytics akkaauntini ULKANdagi saytga ulaymiz

Yaratgandan so'ng kuzatuv kodi berilgan ushbu sozlamalar oynasi chiqadi. Siz "Идентификатор отслеживания" da kodingizni tanlashingiz va klaviaturada Ctrl + C tugmalarini bosib nusxa olishingiz kerak.

1. ULKANda veb saytingizni boshqaruv paneliga "Sozlamalar"ga o'tamiz.

2. U yerdan "SEO" paneliga o'tamiz.

3. Google analytics maydoniga biz boya nusxa olgan kodimizmi klaviaturada Ctrl+V ni bosib joylaymiz. "Saqlash"ni bosamiz.

Tayyor! Endi siz Google Analytics orqali saytingizga trafik haqidagi barcha ma'lumotlarni kuzatib borasiz.


"Отчеты" menusida "Аудитория" sabmenusiga o'tib "Обзор"ga kiramiz. Aynan shu yarda tashriflar bo'yicha ma'lumotlar yig'ilib boriladi.

Bu ma'lum bir davrda veb-saytingizga qancha foydalanuvchilar tashrif buyurganligini ko'rsatadi. Shuningdek, belgilangan muddatni bosish orqali siz o'zingiz kerak bo'lgan sanalarni belgilashingiz mumkin.

O'zingizning saytingizni optimallashtirish orqali siz ko'proq ma'lumotlarni bilib olasiz. Faqat kerakli menyuga o'ting, va taqdim etilgan barcha ma'lumotlar veb-saytingizni tahlil qilishga yordam beradi. Sizlarga katta muvaffaqiyatlar tilaymiz!