Ulkanda sayt yaratish qo'llanmasi

Shaxsiy domenni Ulkanga ulash

Ulkanda yaratilgan saytni o’z shaxsiy domeningizga ulashingiz mumkin. Buning uchun avvalo pullik tarifga o’tish talab qilinadi. Agar sizda hali domen bo’lmasa uni oldin sotib olish kerak bo’ladi. O’zbekistonda ko’plab domen sotadigan kompaniyalar bo’lib, ularni siz Googleda “domen sotib olish” deb qidirib topishingiz mumkin.

Yangi domen olgach yoki sizda allaqachon domen mavjud bo’lsa, uni Ulkanga ulash kerak bo’ladi. Buning uchun sizga domen sotgan kompaniya taqdim etgan shaxsiy xona orqali IP manzilni o’zgartirishingiz yoki o’sha kompaniyaga xat orqali murojaat qilishingiz kerak. Sizga domen sotgan kompaniya xodimi bilan bog'lanib sizning domeningizda quyidagi o'zgartirishlarni kirtish kerakligini ayting:

- A turdagi rekord yaratib uning NAME maydonchasiga shaxsiydomen.uz va RDATA maydonchasiga 82.146.60.5 manzilni kiritsh kerak (bu yerda shaxsiydomen.uz - siz sotib olgan domen);

- CNAME turdagi rekord yaratib uning NAME maydonchasiga www.shaxsiydomen.uz va RDATA maydonchasiga shaxsiydomen.uz kiritish kerak (bu yerda shaxsiydomen.uz - siz sotib olgan domen).


Quyida billur.com domen sotuvchi kompaniya taqdim etgan shaxsiy xona misolida IP manzilni o’zgartirish tushuntiriladi.

Shaxsiy xonaga kirgach DNSni boshqarish bo’limiga o’tiladi.

Bu bo’limda ko’rsatilgan DNS zonalari orasida shaxsiydomen.uz nomli (bu yerda “shaxsiydomen” sizning domeningiz) zonani tahrirlash sahifasiga o’tiladi.

Tahrirlashda:

- shaxsiydomen.uz. nomli A turdagi qatorning RDATA maydonchasiga 82.146.60.5 manzil kirtiladi (bu yerda shaxsiydomen.uz - siz sotib olgan domen);

- www.shaxsiydomen.uz. nomli CNAME turdagi qatorning RDATA maydonchasiga shaxsiydomen.uz kiritiladi (bu yerda shaxsiydomen.uz - siz sotib olgan domen).

Bu o’zgarish barcha internet tarqatuvchi provayderlarda 72 soat ichida ko’rinadi.

DNS IP adreslarini o’zgartirgach Ulkan boshqaruv markazdagi Domenlar sahifasiga o’ting.

Bu yerda shu paytgacha vaqtincha ishlatgan kompaniya.ulkansayt.uz domeningiz ko’rsatilgan. Holati ustuni domen hozirda Ulkan tizimiga ulanganini ko’rsatib turibdi. O’z shaxsiy domeningizni ulash uchun Shaxsiy domenga ulash tugmasini bosing.

O’z shaxsiy domeningizni kiriting va Ulash tugmasini bosing.


Yangi domen qo’shilganini ko’rishingiz mumkin. DNS ulanishi kutilmoqda holati DNS IP manzillarining Ulkanga yo’naltirilgani hali internet provayderlar tomonidan ayon qilinmaganligini bildiradi. Yuqorida aytilganidek 72 soat ichida o’zgarish ro’y berishi kutiladi.


Domeningiz ulangach uning holati Ulangan bo’ladi. Oldin ishlatilgan vaqtinchalik domenning Shaxsiy domenga yo’naltirilgan holati esa ushbu domenga kirganda shaxsiy domenga o’tib ketish amalga oshirilishini anglatadi.

Izohlar

Jasur,
Men hursanman ..ulkan ...dasturiga minnatdorchilik bildiraman
Humoyunbek,
rahmat
Nodirbek,
Juda zur manga rosa yoqdi
Jamshidbek,
Ajoyib rahmat, lekin boshqa foydalanuvchilarga ko`rinmayapti
Dilshod,
Foydalanuvchilar kop menimcha..
juda oddiy va xammasi ajoyib.
barchaga taklif qilaman.
Muhammadaziz,
Hammaga omad