Ulkanda sayt yaratish qo'llanmasi

Hisob va tariflar

Ulkanda har bir yaratilgan sayt ma’lum bir tarif rejasida ishlaydi. Ilk yaratilgan sayt Bepul rejasida ishlaydi. Bepul tarif rejasi kichkina saytlar yaratish yoki pulli tariflarga o’tish oldidan Ulkanni sinab ko’rish imkonini beradi. Tariflar narxiga qarab qimmatlashgan sari kattaroq imkoniyatlar taqdim etadi. Joriy tarifingizni ko’rish uchun boshqaruv markazidagi Saytni sozlash > Hisob va tariflar sahifasiga o’tib, Joriy tarif qismiga qarang.

Rasmdagi holatda sayt Biznes tarifida ishlayapti. Barcha tarif rejalari imkoniyatlari bilan tanishish uchun Yangi tarifga o’tish tugmasini bosing yoki mana bu havolaga o’ting.

Ulkanda yaratilgan har bir sayt o’z hisobiga ega. Hisob bu Ulkandagi hamyoningiz, ya’ni Ulkanda xarid qilgan xizmatlaringizdan qolgan pul qoldig’i. Biror xizmat xarid qilishdan oldin hisobingizda yetarlicha mablag’ bo’lishi kerak. Hisobni to’lov tizimlari orqali to’ldirish mumkin.

Ulkanda asosan pullik tarif rejasi uchun pul to’lashingiz kerak. Tarifga har 30 kunda to’lanadi, masalan, siz har oy 29 000 so’m to’lanadigan tarifga o’tdingiz, unda o’tgan sanangizdan boshlab har 30 kunda hisobingizdan yangi oy uchun 29 000 so’m yechiladi. Agar hisobingizda yetarlicha mablag’ bo’lmasa sayt ishlashdan to’xtaydi. Bir martalik to’lovlar ham mavjud, masalan, siz pullik dizayn xarid qilishingiz mumkin.

Hisob va tariflar sahifasining Hisobingiz qismida hamyoningizda qancha pul borligini bilishingiz mumkin. Hisobni to’ldirish uchun shu nomli tugmani bosing.

To’lov tizimlari orqali hisob to’ldirilayotganida sayt raqami kerak bo’ladi. Har bir Ulkanda yaratilgan sayt o’z takrorlanmas raqamiga ega bo’lib, uni siz ushbu sahifaning Umumiy ma’lumotlar bo’limida ko’rishingiz mumkin.

Barcha qilgan to’lovlaringiz va xaridlaringiz tarixini To’lovlar tarixi tugmasi orqali ko’rasiz.

O’tkazmalar jadvali hisobingizga kelib tushgan mablag’larni ko’rsatadi. Buyurtmalar jadvali esa xizmatlarga sarflagan pullaringizni ko’rsatadi.

Tariflar uchun to’lashda hisobingizda yetarli mablag’ bo’lmasa, Ulkan faqat yetmayotgan qiymatni to’lashingizni ko’rsatadi. Umuman olganda xizmat xarid qilishda avval hisobni to’ldirish shart emas, chunki to’lash kerak bo’lgan mablag’ doim avtomatik hisoblanadi va tushgan pul oldin hisobni to’ldirishga yo’naltiriladi, so’ng xizmat xarid qilishga sarfladi.

Tariflar uchun to’lov davri har qancha davrda to’lov qilishingizni belgilaydi. Agar siz 1 oylikni tanlasangiz har 30 kunda hisobingizdan pul yechiladi, agar 3 oylikni tanlasangiz har 90 kunda pul yechiladi.