Sayt ochish uchun https://ulkan.uz manziliga o’tib, Sayt yaratish tugmasini bosing. Rasmda tasvirlanganidek forma paydo bo’ladi.
O’z elektron pochta manzilingizni kiriting. Ro’yxatdan o’tish so’ngida ushbu pochtaga tasdiq kodi keladi. Shuning uchun shaxsiy pochtangizni ishlating. Maxfiy so’z yangi yaratayotgan saytingizni boshqaruv markaziga kirish imkonini beradigan kalit bo’lib, faqat o’zingiz biladigan ifodani ishlating. Sayt nomi bu logotip bo’lmaganda uning o’rnida ko’rinadigan va umuman saytingiz foydalanuvchilariga mo’ljallangan nomi. Bu nom saytingizning manzilini generatsiya qilishda ham foydalaniladi. Masalan, Kiyimlar do’koni nomli saytga https://kiyim-dokoni.ulkansayt.uz manzili beriladi. Sayt nomini keyinchalik o’zgartirsa bo’ladi. Sayt manzilini esa o’z domeningizga ulasa bo’ladi.
Sayt yaratish tugmasini bosgach pochtangizga o’tib tasdiq kodi yuborilgan xatni toping va u yerdagi havola orqali keyingi bosqichga o’ting. Agar xat pochtangizga kelmasa Spam qutisini tekshiring. Ro’yxatdan o’tishning keyingi bosqichida quyidagi formani to’ldirishingiz lozim.
Bu yerdagi ma’lumotlar asosan sizning shaxsiy ma’lumotlaringiz hisoblanadi. Ulardan yaratayotgan saytingizdagi aloqalar bo’limini to’ldirayotganda ham foydalanishingiz mumkin.
Shundan so’ng siz sayt boshqaruv markaziga o’tasiz, uning manzili quyidagicha bo’ladi https://sayt-nomi.ulkansayt.uz/admin. Boshqaruv markazining chap ustunida menyular joylashgan bo’lib ulardan siz saytingiz ma’lumotlarini qo’shishda, o’zgartirishda va o’chirishda foydalanishingiz mumkin.
Izohlar