Yangi mahsulotlar vidjeti eng so’nggi qo’shilgan mahsulotlar ro’yxatini ko’rsatish imkonini beradi. Ushbu vidjet xaridorlaringizni yangi mahsulotlaringizdan xabardor qilishda qo’l keladi.
Sozlash formasidagi Bo’limlar bo’yicha filter bandi faqat tanlangan mahsulot bo’limidagi yangi mahsulotlarni ko’rsatish imkonini beradi. To’plamlar bo’yicha filter bandi faqat tanlangan to’plamga mansub yangi mahsulotlarni ko’rsatish imkonini beradi. Agar ham bo’lim, ham to’plam bo’yicha filter qo’yilsa, faqat ikkala shartga ham bir vaqtning o’zida javob beradigan mahsulotlar ko’rsatiladi. Qatorlar bandi mahsulotlarni nechta qator qilib chiqarishni belgilaydi. Har bir qatorda mahsulot bandi bitta qatorda nechta mahsulot joylashtirishni belgilaydi. Vidjet jami ko’pi bilan yuqoridagi ikki band ko’paymasiga teng miqdorda mahsulot ko’rsatadi.