Bo’limlar bizga mahsulotlarni guruhlash imkonini beradi. Masalan, siz poyabzal ishlab chiqarsangiz, siz mahsulotlaringizni Bolalar, Erkaklar va Ayollar kabi bo’limlarga ajratishni xohlashingiz mumkin.
Yangi bo’lim yaratish uchun boshqaruv markazidagi Katalog > Bo’limlar sahifasiga o’tamiz, Bo’lim qo’shish tugmasini bosamiz.
Bo’limni o’chirish uchun bo’lim nomi qarshisida joylashgan axlat chelak tugmasini bosing. Bunda barcha ushbu bo’limga tegishli mahsulotlar bo’limsiz qoladi.
Bo’limni o’zgartirish uchun bo’lim nomi ustiga bosing va siz uni o’zgartirish formasiga tushasiz, kerakli o’zgartirishlarni amalga oshirib Saqlash tugmasini bosing.