Ulkanda sayt yaratish qo'llanmasi

Umumiy sozlamalar

Umumiy sozlamalar boshqaruv markazidagi Saytni sozlash > Umumiy sozlamalar sahifasida o’zgartiriladi. Quyidagi qiymatlarni sozlash mumkin:

  • Sayt nomi – Agar logotip yuklanmasa uning o’rnida turadigan nom.
  • Sana shakli – Saytda sanalar qanday ko’rinishda namoyish etilishini tanlashingiz mumkin.
  • Google analytics – UA-xxxxxxxx-x ko’rinishidagi maxsus Google kodi.
  • Asosiy sahifa meta sarlavhasi – Qidiruv tizimlarida ko’rinadigan asosiy sahifa sarlavhasi. Agar berilmasa Ulkan Sayt nomi bandi qiymatini oladi.
  • Asosiy sahifa meta izohi – Qidiruv tizimlarida ko’rinadigan asosiy sahifa izohi.
  • Biznesning yuridik nomi – Sayt pastki qismida mualliflik huquqlari tegishli bo’lgan kompaniya nomi sifatida ko’rinadi.
  • Elektron pochta – Saytning rasmiy elektron pochta manzili. Saytda aloqa ma’lumotlarining orasida ko’rinadi.
  • Ijtimoiy tarmoq manzillarini ko'rsatish tugmasi saytingizning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarini kiritish imkonini beradi.

Izohlar

Abdulaziz,
Ijtimoiy tarmoqlarda tavsiya etish mumkin