Ulkanda sayt yaratish qo'llanmasi

Mahsulot qo’shish, o’zgartirish va o’chirish

Yangi mahsulot qo’shish uchun boshqaruv markazining Katalog sahifasiga o’ting va Mahsulot qo'shish tugmasini bosing.

Formadagi Chegirmadagi narx bandi sizga pasaytirilgan narxni belgilash imkonini beradi. Masalan, ma’lum bir munosabat bilan narxlarni tushurmoqchisiz va buni xaridorlarga bildirmoqchisiz. U holda Narx bandiga mahsulotni chegirmadan oldingi qimmatroq narxini yozasiz, Chegirmadagi narx bandiga esa pasaytirilgan narxni yozasiz. Shunda saytda mahsulotning asosiy narxi sifatida chegirmadagi narx ko’rinadi. Narx bandidagi qiymat esa usti chizilgan holda ko’rinadi.

/uploads/image/img38

Agar Saytda ko’rinadimi? bandida Vaqtincha yashirin qiymatini tanlasangiz mahsulot sayt foydalanuvchilariga ko’rinmaydi. Bu mahsulotingiz tugab qolgan taqdirda uni sotuvdan olib tashlamoqchi bo’lsangiz yoki shu turdagi mahsulotni ishlab chiqarishni to’xtatsangiz kerak bo’ladi. Albatta siz mahsulotni boshqaruv markazi orqali butunlay o’chirib tashlashingiz mumkin, ammo unda mahsulotning kiritilgan barcha ma’lumotlari o’chib ketadi. Yuqoridagi holatda esa barcha ma’lumotlar saqlanib qoladi. Bir qancha vaqtdan keyin yana mahsulotni saytga chiqarish imkoni saqlanib qoladi.

Bo’lim, Brend va To’plam uchun mos sahifalarni o’qib ko’ring.

Izohlar

Vohid,
Juda ham keng imkoniyatlar devorchasi buldi men uchun