Ulkanda sayt yaratish qo'llanmasi

Sayt dizayni tuzilishi

Ulkan tizimida sayt veb sahifalardan iboratdir. Veb sahifa esa veb elementlardan, ya’ni vidjetlardan iborat. Veb sahifani yaratishda siz oldindan tayyorlab qo’yilgan xilma-xil vidjetlardan foydalanishingiz mumkin. Ulkan vidjetlari eng ko’p uchraydigan ma’lumot joylashtirish turlarini o’rganib chiqqan holda tuzilgan va ular barcha turdagi ma’lumotlarni ko’ngildagidek joylashtirishingizni ta’minlaydi.

Ikkita maxsus vidjet: Yuqori qism va Pastki qism vidjetlari mavjud bo’lib, ularning boshqalaridan asosiy farqi shundaki, ular barcha sayt sahifalarida bir xil, o’zgarmas ko’rinishda bo’ladi. Yuqori qism ko’p hollarda brend logosini, bosh menyuni, aloqa ma’lumotlarini, xarid savatini va ijtimoiy tarmoqlarga havolalarni o’z ichiga oladi. Pastki qism ham yuqoridagisiga o’xshaydi, lekin bunda qo’shimcha sifatida mualliflik huquqlari, sayt haqida qisqacha ma’lumot va ikkinchi darajali menyu bo’lishi mumkin. Quyidagi rasmda asosiy sahifa aks ettirilgan.

Asosiy axborot esa aylanib turuvchi rasmlar, rasm va matn, rasmli va matnli ustunlar kabi markazdagi vidjetlarda joylashtiriladi. Bu kabi vidjetlar sahifaga qarab har xil ketma-ketlikda bo’ladi. Masalan, katalog sahifasida mahsulotlar ro’yxati vidjeti, yangiliklar sahifasida esa so’nggi yangiliklar vidjeti bo’ladi.

Izohlar

Otabek,
xojiakbar,