Yangilik qo’shish, uni o’zgartirish va o’chirish
Yangilik qo’shish uchun boshqaruv markazidagi Yangiliklar sahifasiga o’tib, u yerdagi Yangilik qo’shish tugmasi bosiladi. So’ng yangilik qo’shish formasi ochiladi.
Formadagi barcha bandlar o’z nomi asosida deyarli tushunarli. Shunday bo’lsada ularni birma-bir ko’rib chiqamiz:
- Sarlavha – Yangilik sarlavhasi, yangilikning qisqacha mazmunini bera olishi lozim. U qidiruv tizimlari sarlavhasi sifatida ham ishlatiladi;
- To’liq matn – Yangilikning asosiy matni;
- Parcha – Yangilikning qisqa mazmuni. Uni berish shart emas, ammo berilsa yangiliklar ro’yxatida ko’rsatiladi;
- Chop etish vaqti – Qaysi vaqtdan boshlab yangilik saytda ko’rinishini anglatadi. Agar o’zgartirilmasa hozirgi vaqt olinadi;
- Saytda ko’rinadimi? - Agar Yo’q tanlansa, maqola saytda ko’rinmaydi, bu yangilikni qoralama sifatida vaqtincha tahrir qilish imkonini beradi;
- Rukn – Yangiliklarni ruknlarga ajratish imkonini beradi. Agar sizga ruknlar kerak bo’lmasa, uni bo’sh qoldiring;
- Rasm – Yangilik rasmini kompyuteringizdan yuklang yoki allaqachon yuklangan rasmlardan birini tanlang.
Yangilikni tahrirlash
Qo’shilgan yangilikni o’zgartirish kerak bo’lsa, boshqaruv markazidan Yangiliklar sahifasiga o’tib, o’zingizga kerak bo’lgan yangilik ustiga bosing. Shunda yuqorida ko’rsatilgani kabi forma ochiladi. Tahrirlab bo’lgach Saqlash tugmasini bosing.
Yangilikni o’chirish
Yangiliklar sahifasiga o’tib, keraksiz yangilikning chapdan birinchi ustundagi checkboxni belgilang va Tanlanganlarni o’chirish tugmasini bosing.
Ijtimoiy tarmoqlarda bo'lishing
Izohlar