Ulkanda sayt yaratish qo'llanmasi

Rasmlar galereyasi

Rasmlar galereyasi bayram suratlari to’plamini yaratishda qo’l keladi, undan tashqari siz ko’rsatgan xizmatlaringiz rasmlaridan, mahsulotingiz yaratilish jarayoni rasmlaridan yoki biror voqeani yorituvchi rasmlardan galereya tuzishingiz mumkin.

Galereya yaratish

Rasmlar galereyasini yaratish boshqaruv markazidagi Rasmlar galereyasi sahifasida bajariladi.

Formadagi Saytda ko’rinadimi? bandi galereyani vaqtinchalik yashirib qo’yish imkonini beradi. Asosiy rasm bandi orqali galereya uchun umumiy rasm berishingiz mumkin. Masalan, umumiy rasm barcha galereyalar ro’yxati chiqarganda ko’rinadi. Agar berilmasa galereya ichidagi rasmlardan birini Ulkan avtomatik tarzda tanlaydi.

Galereyaga rasm qo’shish

Galereya yaratib bo’lgandan so’ng Rasmlar galereyasi sahifasiga qaytamiz.

Galereya nomi qarshisida joylashgan o’ng tomondagi kichkina rasm belgili tugmani bosing.

Bu yerda ko’rinib turibdiki hali galereya rasmlarga ega emas. Rasm qo’shish tugmasi yordamida shu paytgacha yuklangan rasmlarni galereyaga biriktirishingiz yoki yangi rasm yuklashingiz mumkin.

Rasmlar qo’shilgach ularni har bir rasm pastidagi 3 ta tugma yordamida o’zgartirish, galereyaning asosiy rasmi sifatida belgilash yoki o’chirish mumkin.

Qo’shimcha ma’lumot uchun Galereya rasmlari vidjetiga qarang.

Izohlar

Vasilyaxon,
Barcha sharoit yaratish maqsadida tashkil etilgan.