Ulkanda sayt yaratish qo'llanmasi

So’nggi yangiliklar vidjeti

So’nggi yangiliklar vidjeti saytga eng so’nggi bo’lib qo’shilgan yangiliklarni ko’rsatadi. Vaqtincha yashirin va chop etish vaqti yetib kelmagan yangiliklar bundan mustasno. Ushbu vidjet yangiliklar sayti yaratishda juda qo’l keladi.

Sozlash formasidagi Rukn bandi faqat berilgan rukndagi so’nggi yangiliklarni ko’rsatish imkonini beradi. Agar Barchasi qiymati tanlansa ruknlar hisobga olinmaydi.