Ulkan rasmlar va fayllar bilan ishlash uchun keng imkoniyatga ega. Ular boshqaruv markazidagi Fayl va rasmlar sahifasidan boshqariladi.
Bu yerda Havola ustuni rasmning veb manzilini beradi. Siz havolani shu yerdan ko’chirib olib matn yoki maqola ichida foydalanishingiz mumkin.
Rasm qo’shish tugmasi orqali rasm qo’shish formasiga o’tamiz. Rasmni komyuterdan yuklab saqlash tugmasini bosing. Yuklangan rasmlardan galereya tuzishda, yangiliklarda, mahsulotlar va boshqa barcha rasm talab qiladigan joylarda foydalanishingiz mumkin.
Fayl qo’shish uchun Fayl va rasmlar > Fayllar sahifasiga o’tamiz. Rasmlar kabi yuklangan faylning havolasi taqdim etiladi. Siz fayl sifatida narxlar faylini yoki foydalanuvchilar yozib olishi uchun hujjatlarni yuklashingiz mumkin.
Yuklangan faylni yozib olishga mo’ljallangan havolani istalgan matn ichiga joylashtirish mumkin. Buning uchun matn muharririning ustki qismidagi Havola tugmasini bosing va Havola qo’shish bandini tanlang.