Ulkanda sayt yaratish qo'llanmasi

Menyular

Menyular saytning eng asosiy qismi va u foydalanuvchining sayt bo’ylab sayohat qilishini ta’minlaydi. Menyular boshqaruv markazidagi Saytni boshqarish > Menyular sahifada boshqariladi.

Bu yerda siz asosiy menyu bandlarini ko’rishingiz mumkin. Hozircha Ulkanda faqat bitta, ya’ni asosiy menyu mavjud. Kelajakda istalgancha menyu qo’shish imkoniyati bo’ladi. Sayt ilk yaratilganida faqat asosiy sahifaga o’tish menyu bandi bo’ladi. Siz istalgancha menyu bandlari qo’shishingiz mumkin. Buning uchun Menyu bandi qo’shish tugmasini bosing.

Nomi bandiga kiritilgan so’zlar saytigizda menyu bandi matni bo’lib ko’rinadi. Masalan, mahsulotlar katalogiga olib o’tuvchi band yaratmoqchi bo’lsangiz, unga Katalog nomini berishingiz mumkin. Turi bandi havola bosilganda aynan qaysi sahifaga o’tish kerakligini aniqlaydi. Quyidagi menyu bandi turlari mavjud:

  • Asosiy sahifa – Saytning asosiy sahifasiga o’tish;
  • Barcha yangiliklarBarcha yangiliklar sahifasiga o’tish;
  • Rukn yangiliklari – Faqat ma’lum bir ruknga oid yangiliklar sahifasiga o’tish. Agar siz yangiliklar sayti yaratayotgan bo’lsangiz, menyuning har bir bandi bitta ruknga havola bo’lishini xohlashingiz mumkin, unda ushbu tur sizga to’g’ri keladi. Bu tur tanlangandan so’ng rukn nomini ham tanlash kerak bo’ladi. Agar hali birorta ham rukn yaratishga ulgurmagan bo’lsangiz, ushbu turni tanlash imkoni bo’lmaydi;
  • Sahifa – Oddiy matnli sahifaga o’tish;
  • Barcha mahsulotlar – Internet do’kondagi barcha turdagi mahsulotlar ro’yxatiga o’tish;
  • Barcha mahsulot brendlariBrend nomlari va logolari ro’yxati sahifasiga o’tish;
  • Brend mahsulotlari – Faqat bitta brendga oid mahsulotlar ro’yxatiga o’tish;
  • Barcha mahsulot bo’limlariMahsulot bo’limlari nomi va rasmi ro’yxat bo’lib chiqadigan sahifaga o’tish;
  • Bo’lim mahsulotlari – Faqat bitta bo’limga oid mahsulotlar ro’yxati sahifasiga o’tish;
  • Barcha mahsulot to’plamlariBarcha mahsulot to’plamlari nomi va rasmi ro’yxat bo’lib chiqadigan sahifaga o’tish;
  • To’plam mahsulotlari – Faqat bitta to’plamga oid mahsulotlar ro’yxati sahifasiga o’tish;
  • Galereya rasmlari – Faqat bitta galereyaga oid mahsulotlar ro’yxati sahifasiga o’tish;
  • Barcha galereyalar – Barcha galereyalarning asosiy rasmlari ro’yxati sahifasiga o’tish;

Menyu bandlari ketma-ketligini o’zgartirmoqchi bo’lsangiz, band nomi qarshisidagi qo’shuv belgisi yordamida bandni tepaga yoki pastga sudrang.

Izohlar

Eshqulov Shavkat,
Ajoyib sayt men mukammal sayt qilib yarataman va bu sayt siizlarga obro' etibor olib keladi!!!!