Ulkanda sayt yaratish qo'llanmasi

Mahsulotlar katalogi

Agar sizning do’koningiz bo’lsa yoki ishlab chiqarish bilan shug’ullansangiz saytingizga mahsulotlar katalogi kerak bo’ladi. Mahsulotlar katalogi deganda mahsulotlarning internetdagi elektron ro’yxati tushuniladi. Bunda har bir mahsulot o’z nomiga, rasmlariga, narxiga, xususiyatlari va tavsifiga ega bo’ladi.

Ulkan tizimi sizga professional darajada mahsulot katalogini yaratish imkonini beradi. Bu imkoniyat internet do’kon yoki biznes saytini yaratish uchun juda qo’l keladi. Mahsulot katalogi boshqaruv markazining Katalog sahifasida joylashtiriladi.