Ulkanda sayt yaratish qo'llanmasi

Sahifalar

Yuqoridagi boblarda sayt veb sahifalardan iborat ekanligi aytilgan edi. Ushbu bobda veb sahifaning xususiy holati bo’lgan ixtiyoriy matn, rasmlar va boshqa ma’lumotlar joylashtirish imkonini beradigan sahifalar yaratish o’rgatiladi. Bu turdagi sahifalarni matnli sahifa deb ham atash mumkin edi, ammo oddiylik uchun ularni shunday atadik. Demak, bu yerda sahifa deganda barcha turdagi veb sahifalar emas, balki matnli sahifa nazarda tutiladi.

Sahifalar boshqaruv markazining Sahifalar menyu bandida yaratiladi. Sahifalarni biz kompaniya haqidagi ma’lumot, saytdan foydalanish qoidalari va shunga o’xshash oddiy matnli sahifalar yaratishda ishlatishimiz mumkin.

Bu yerda Sarlavha va Matn o’z nomidan kelib chiqqan holda tushunarli. Saytda ko’rinadimi? bandi sahifani vaqtincha saytda ko’rinmas qilib qo’yadi. Havola bandi sahifani veb manzilini belgilaydi, masalan, saytingiz domeni meningsaytim.uz bo’lsa, havolani kompaniya-haqida qilib kiritsangiz, ushbu sahifaning to’liq veb manzili https://meningsaytim.uz/kompaniya-haqida ko’rinishga ega bo’ladi.

Kalit so’zlar va Meta izoh bandlari sahifani qidiruv tizimlariga moslash imkonini beradi. Agar buni nimaligini tushunmasangiz ularga tegmagan ma’qul.

Izohlar

Shaxzodbek,
Baxtli onlar