Ulkanda sayt yaratish qo'llanmasi

Sayt dizaynini sozlash

Ulkanda har bir veb dizayn o’z nomiga ega. Sayt ilk marotaba yaratilganida avtomatik tarzda Yoqut nomli dizayn o’rnatiladi. Dizaynni sozlash uchun boshqaruv tizimidagi Saytni sozlash > Dizayn sahifasiga o’ting.

U yerda siz hozirda saytingizda ishlab turgan dizaynni ko’rasiz, uni o’z talabingizga qarab sozlash uchun Sozlash tugmasini bosing.

Chap ustundan saytning asosiy sahifasidagi vidjetlar o’rin olgan. Bu vidjetlar misol tariqasida avtomatik ravishda qo’shilgan. Ularni olib tashlash mumkin. E’tibor bergan bo’lsangiz yuqori qism va pastki qism vidjetlari ajratib qo’yilgan, ularni o’chirib yoki ko’chirib bo’lmaydi.

Vidjetlar ketma-ketligini o’zgartirish

Siz istalgan vidjetni o’rnini almashtirishingiz mumkin. Buning uchun vidjet o’ng tomonida joylashgan qo’shish belgisi ustiga sichqonchani olib boring va chap tugmani bosib turib tepaga yoki pastga harakatlantiring va chap tugmani qo’yib yuboring. Boshqacha qilib aytganda vidjetlarni pastga yoki tepaga sudrash mumkin. Vidjet kerakli joyga ko’chirilgach natijaning saytda qanday ko’rinishi monitorning o’ng tomonida ko’rinadi.

Yangi vidjet qo’shish

Asosiy sahifaga yangi vidjet qo’shish uchun Vidjet qo’shish tugmasini bosing. Barcha vidjetlar ro’yxati ko’rinadi. O’zingizga kerakli vidjetni tanlang.

Masalan, yangi mahsulotlar vidjetini qo’shmoqchisiz deylik. Mazkur vidjetni tanlaganingizdan so’ng sozlash formasi ochiladi. Bu yerdagi qiymatlarni o’zgartirgandan so’ng saqlash tugmasini bosing.

Yangi vidjet asosiy sahifadagi vidjetlar ketma-ketligining eng oxirida paydo bo’ladi.

Saytingizning yuz qismida esa bu vidjet YANGI MAHSULOTLAR sarlavhasi bilan ko’rinadi.

Vidjetlarni o’chirish

Kerak bo’lmay qolgan vidjetlarni o’chirib tashlash mumkin. Buning uchun yuqoridagi rasmda ko’rinib turgan chap ustundagi vidjet tanlanadi, shundan so’ng uning sozlash formasi ochiladi. Forma pastida O’chirish tugmasi bosiladi.

Keling tajriba uchun aylanib turuvchi rasmlar va yangi mahsulotlar vidjetidan tashqari barcha vidjetlarni o’chiramiz.

Sozlash uchun sahifa tanlash

Biz shu paytgacha asosiy sahifadagi vidjetlarni boshqarishni ko’rib chiqdik. Ulkan barcha sahifalarni sozlash imkonini beradi.

Buning uchun siz avvalo veb sahifa va veb sahifa turi o’rtasidagi farqni tushinishingiz kerak. Veb sahifa o’z veb manziliga ega va sayt menyusi orqali o’tish mumkin bo’lgan hujjatdir. U matn, rasm, video va fayllardan iborat bo’lishi mumkin. Har bir sahifa o’z turiga ega. Masalan, Barcha mahsulotlar, Rukn yangiliklari. Har bir saytda bir turga mansub bo'lgan bir nechta sahifa bo’lishi mumkin. Masalan, yangiliklar saytida Iqtisodiyot, Siyosat kabi ruknlar bo’lsin, menyuda esa shu runklarga o’tadigan havolalar joylashadi. Har bir havola mos ravishda bitta ruknga bog’langan bo’ladi, ammo sahifa turi bir xil, ya’ni Rukn yangiliklari.

Ulkan aynan bir sahifani emas, balki sahifa turini sozlash imkonini ham beradi. Sahifa turi sozlamalari shu turdagi barcha sahifalarga ta’sir qiladi. Masalan, o’z kiyim-kechak internet do’koningizni bo’lim mahsulotlari sahifa turini sozlasangiz, bu erkaklar bo’limi sahifasiga ham, ayollar bo’limi sahifasiga ham birdek ta’sir qiladi.

Ulkanda sahifa turini sozlash uchun yuqori paneldagi Asosiy sahifa havolasini bosing, shunda sozlash mumkin bo’lgan sahifa turlarining ro’yxati chiqadi. Ro’yxatda barcha turlar ko’rinmasligi mumkin, buning sababi shuki ba’zi turlarni sozlashdan oldin shu sahifaga o’tish imkoniyatini beradigan ma’lumotlar kiritilmagan bo’lishi mumkin. Masalan yangilikning batafsil sahifasini sozlash uchun saytingizda hech bo’lmaganda bitta yangilik bo’lishi kerak, aks holda bu turdagi sahifaga o’tish imkoni bo’lmaydi.

Dizaynni turli xil qurilmalarda tekshirish

Ulkanda saytingiz dizaynini sozlab bo’lganingizdan so’ng, uni har xil enli monitorlarda sinab ko’rishingiz mumkin. Dizaynni sozlash markazi juda qulay qilib yaratilgan bo’lib, sozlash jarayonida saytingiz qanday ko’rinishga bo’lishini onlayn tarzda markazdagi to’rtburchakda kuzatishingiz mumkin. Yuqori panel o’rtasida 3 xil enli qurilmalar belgisi joylashgan bo’lib, ularni tanlash orqali saytni o’sha qurilmalarda qanday ko’rinishini sinashingiz mumkin.

Izohlar

Izzatullo,
saytni mukammal yaratganlarga sertificat berasizlarmi, men albatta mukammal qilaman insha'Alloh.
Jasurbek,
Men bu saytdan mamnunman!!!
Iskandarov Bobur,
Ulkan.uz sayti yaxshi ishlangan yaxshi
Sur'at,
Yaxshi sayt
Zayniddin,
zo'r sayt bo'ladi inshalloh
Shohjahon,
Sayt juda ham zoʻr wordpress dan ham zoʻr bu bizning milliy yutugʻimizdir