Ulkanda sayt yaratish qo'llanmasi

Ulkan bilan tanishuv

Ulkan - onlayn sayt yaratish tizimi bo’lib, sizga o’z qo’lingiz bilan o’z saytingizni yaratish imkonini beradi. Bunda sizga veb dizaynerlar, dasturchilar va hosting kerak bo’lmaydi. Ulkanni kompyuteringizga o’rnatish kerak emas, hammasi veb brauzeringiz orqali boshqariladi.

Ulkanda sayt yaratishning asosiy ustunligi shundaki sayt tez va arzonga ishga tushadi. Agar saytni veb studiyalarga buyurtma bersangiz, dastur tayyor bo’lishini 1-2 oy kutishga to’g’ri keladi. So’ng saytni xatosiz ishlayotganini sinovdan o’tkazish kerak bo’ladi. Buning hammasiga 1-3 oy vaqt ketishi mumkin. Ulkanda esa ro’yxatdan o’tganingizdayoq sizning saytingiz ishga tushadi. Agar barcha materiallaringiz tayyor bo’lsa, ularni 2-3 soatda saytingizga joylashtirishingiz mumkin. Ulkan tizimi tabiiy ravishda juda ko’p sinovlardan har kuni o’tadi va takomillashtirib boriladi, chunki barcha saytlar bitta dastur asosida ishlaydi.

Ulkan sizga sayt xarajatlarini qisqartirishga imkon beradi. Buyurtma asosida sayt yaratish 3-4 million so’mga tushishi mumkin. Oylik texnik xizmati esa 200-300 ming so’mga aylanadi. Undan tashqari har oy hostingga 20-70 ming so’m to’lash kerak bo’ladi. Jami saytning bir yillik xarajati siz uchun 5-8 millionga tushishi mumkin. Bu esa yangi biznes uchun og’irlik qiladi. Undan tashqari agar mobodo yarim yildan so’ng biznes modelingiz o’zgarib, sayt kerak bo’lmay qolsa, xarajatlarni orqaga qaytarish imkoni bo’lmaydi.

Ulkan esa bunday tavakkal qilishning oldini oladi, chunki bunda hosting to’lovi yo’q. Sayt doimiy xatosiz ishlashi mutaxassislarimiz tomonidan ta’minlanadi. Ulkanda saytni bepul yaratish mumkin. Undan tashqari kengaytirilgan imkoniyatlarga ega pullik tariflar bo’lib, unda siz faqat tizimdan foydalangan vaqtingizga to’laysiz, ya’ni tariflar oyma-oy to’lanadi. Tariflarning oylik to’lovi esa uncha katta emas.

Izohlar

Alisher,
Uz qulingiz bilan uziz sayt yaratsangiz-a. Bu sinsatsiya
Anvar,
Biz siz bilan birgamiz
Javoxir,
Sayt orqali pul ishlasa bo'ladimi???
Shaxriyor,
Raxmat