Ulkanda sayt yaratish qo'llanmasi

Ommabop yangiliklar vidjeti

Ommabop yangiliklar vidjeti eng ko’p o’qiladigan yangiliklarni ko’rsatishga mo’ljallangan. Eng ko'p o’qiladigan deganda biz yangilikning batafsil sahifasiga bo’lgan tashriflarni nazarda tutamiz. Bu hisob kitoblarni Ulkan avtomatik tarzda bajaradi.

Sozlash formasidagi Sana bo'yicha filter bandi qaysi muddat oralig'idagi ommabop yangiliklarni ko’rsatishni belgilaydi. Masalan, Oxirgi kun qiymati tanlansa oxirgi 24 soat ichidagi statistika hisobga olinadi.